Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (TVEFJMSQ)

You are here

Bosh sahifa » Jismoniy shaxslar uchun » Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (TVEFJSQ)
 

Mashinada harakatlanish - har doim xavflidir. Boshqalarning mulkiga zarar yetkazish yoki odamlarning hayotiga va sog’lig’iga zarar yetkazish -eng katta xavfdir, bu esa sizning eng katta ma’suliyatingizdir. Avtomobillar, turli qurilmalar, yo’l to’siqlari, belgilar, bekatlar – bularning barchasi, hali inson sog’lig’ini hisobga olmaganda, yo’l transport hodisalari natijasida zararlanishi mumkin. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligining majburiy sug’urtasi (TVEFJMS) polisi sizni zarar yetkazilgan transport egalari yoki yo’l transport hodisasi tufayli jabrlangan shaxslar tomonidan bo’ladigan da’volardan himoya qilish imkonini beradi.

 

“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligining majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, transport vositasining egasi transport vositasidan foydalanayotganda boshqa shaxslarning hayoti, salomatligi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun javobgarligini sug’urta qilish majburiydir.

Qonunchilikka ko’ra sug’urta puli miqdori 40 mln. so'm miqdorda belgilangan, ulardan:

65% - hayot va sog’likka yetkazilgan zararni qoplash uchun

35% - moddiy zararni qoplash uchun belgilangan

 

Kompaniyamizning transport vositalari egalarining majburiy sug’urta qilish polisini rasmiylashtirib, siz quyidagi qo’shimcha xizmatlarga ega bo’lasiz:

  • sug’urta polisini rasmiylashtirishda va amal qilish muddati tugayotgani haqida SMS-xabar olishingiz;
  • sug’urta polisi yo’qolgan yoki zararlangan taqdirda dublikatning bepul rasmiylashtirilishi;
  • 24-soatlik mijozlarga xizmat ko’rsatish, jumladan, YTH sodir bo’lgan joyga borish*;
  • sug’urta tovonini to’lash bo’yicha arizalarni eng qisqa vaqt ichida ko’rib chiqish
 
Siz kompaniyamizning “TVEFJMS” polisini uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib sotib olishingiz mumkin. “TVEFJMS” polisiga saytda hozirning o’zida buyurtma qiling va kurer orqali sizga qulay bo’lgan joyga yetkazamiz*. Polis uchun to’lovni bank kartasi bilan Payme va Upay to’lov tizimlari orqali, naqd pul yoki bank kartasi bilan polis olganingizda amalga oshirishingiz mumkin.
 
Onlayn xarid qiling!
 

Barcha savollar bo’yicha: 1166

* - Toshkent shahri doirasida

 

Avtosug'urta (AUTO-GROSS.ONLINE)     Sayohatchilarni sug'urta qilish (TRAVEL.ONLINE)

 

Qayta aloqa

Manzil: O`zbekiston, 100000, Toshkent sh. Amir Temur ko`chasi, 1-o'tish yo`li, 6-uy

Yagona raqam: 1166

Faks: +998(71) 232 23 07

E-mail: info@gross.uz

Facebook: @grossuz

Saytning oldingi versiyasiga o'tish

© 2019 - Gross Insurance. Barcha huquqlar himoyalangan

Hozir saytda:

Foydalanuvchilar: 1 Bugun tashrif buyurganlar: 30

Veb sayt
muallifi