Professional javobgarlik sug'urtasi

You are here

Bosh sahifa » Yuridik shaxslar uchun » Professional javobgarlik sug'urtasi

 

Sug‘urta ob’ekti:
Sug‘urta ob’ekti – jismoniy shaxs-professionalning xizmatlar ko‘rsatilayotgan shaxslarga nisbatan biror bir kamchilik, xatoliklar, ehtiyotkorsizliklar va boshqa qasdan sodir etilmagan hatti-harakatlar natijasida professional tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan, iste’molchida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zarar bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatidir. 

 

Sug‘urta hodisasi deb quyidagilar sanaladi:

  • Sug‘urta qildiruvchining (yoki uning xodimlarining) xatolari va yanglishishlari, kasbiy faoliyatini amalga oshirishda yetarli darajadagi e’tiborsizligi, ehtiyotkorsizligi yoki tajribasizligi natijasida, shuningdek Sug‘urta qildiruvchi va uchinchi shaxs o‘rtasida unga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq bo‘lgan sud xarajatlari tufayli uchinchi shaxslarning hayoti, salomatligi va/yoki mol-mulkiga zarar yetkazish borasidagi Sug‘urta qildiruvchining qonunchilik bilan o‘rnatilgan tartibdagi majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari;
  • Sug‘urta qildiruvchi (uning xodimlari) tomonidan o‘zining professional faoliyatini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari, yetarli darajadagi e’tiborsizligi, yoki tajriba yetishmasligi natijasida uchinchi shaxslarning (Naf oluvchilarning) hayoti, sog‘ligi va/yoki mulkiga (mulkiy xuquqlariga) zarar yetkazish fakti bo‘lib, agar ushbu zarar Sug‘urta qildiruvchi (uning xodimi) tomonidan uning e’tiborsizligi, ehtiyotkorsizligi, tajribasizligi tufayli yo‘l qo‘yilgan xatolari va kamchiliklari natijasida yetkazilgan taqdirda, Sug‘urta qildiruvchiga yetkazilgan zararni qoplab berish haqidagi talablarni qo‘yishga olib keladi.

 

“Gross Insurance” kompaniyasi kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash bo‘yicha quyidagi asosiy sug‘urta turlarini taklif etadi:

 

Baholovchilarni

Baholovchining javobgarligini sug‘urtalash – baholash faoliyatini tashkil etishga ixtisoslashgan kompaniyaning moliyaviy manfaatlarini himoya qilishning samarali vositasi sanaladi. Bunda, ba’zi hollarda, javobgarlikni sug‘urtalash polisining mavjudligi baholovchini baholash xizmatlari sotib olish maqsadida turli mol-mulk egasi tomonidan o‘tkaziladigan tenderga qabul qilishning majburiy bir sharti hisoblanadi.
Javobgarlikni sug‘urtalash baholovchining xatosi va kamchiliklari oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplaydi, mulkni sug‘urtalash esa mulk egasining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

 

Riyeltorlarni

Riyeltorning javobgarligini sug‘urta qilish – rieltorlik faoliyatini tashkil etishga ixtisoslashgan, kompaniyaning moliyaviy manfaatlarini himoya qilishning ta’sirchan asbobi sanaladi. Bizning nazarimizda, sug‘urtalash - bu o‘zingizni kutilmagan vaziyatlardan himoya qilishning eng ishonchli usulidir. Faqat riyeltorlarning professional javobgarligi uchun sug‘urta shartnomasini tuzib, bitimning barcha ishtirokchilari mulkiy xuquqlarini yo‘qotish va o‘zlarining uy-joylarini bozor qiymatida qaytarish xavfidan himoyalangan himoyalangan deb hisoblashlari mumkin. Javobgarlikni sug‘urtalash riyeltorning xatolari va kamchiliklari natijasida yuzaga kelgan zararni, mol-mulk sug‘urtasi ko‘chmas-mulk egasining manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplab beradi.

 

Auditorlik tashkilotlarini

Auditorning professional kasbiy javobgarligini sug‘urtalash – bu auditor o‘z vazifalarini bajarayotgan paytda auditorning professional xatosi natijasida tekshirilayotgan shaxsda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan alohida sug‘urta turidir. Sug‘urta predmeti sifatida auditorlik xatosi yuzaga keladigan xatarning o‘zi chiqib, buning natijasida buyurtmachi zarar ko‘radi.

Sug‘urtalashni rasmiylashtirish zarurati auditorlar ishining xususiyati natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ularning faoliyati korxonaning murakkab moliyaviy va buxgalterlik hisobotini, hamda hujjatlar aylanishini tekshirish bilan bog‘liq. Bunda inson omili muhim ham katta ahamiyat kasb etadi. Auditor qanchalik bilimli va malakali bo‘lmasin, ayniqsa, mamlakatimizning doimiy tarzda o‘zgarib turadigan sharoitlarida, u baribir xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin.

Javobgarlikni sug‘urtalash Sug‘urta qildiruvchining auditorlik faoliyatini amalga oshirish natijasida Naf ko‘ruvchining mulkiy manfaatlariga yetkazilgan zararni undirish bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manffatlarini himoya qiladi.

 

Bojxona brokerlarini

Bojxona brokeri javobgarligini sug‘urta qilish – bojxona deklaratsiyasini tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotning moliyaviy manfaatlarini himoya qilishning ta’sirchan vositasi hisoblanadi. 


Javobgarlik sug‘urtasi bojxona brokerining xatolari va kamchiliklari natijasida yetkazilgan zararlarni qoplab beradi, mulkiy sug‘urtalash esa bojxona vakili sifatida faoliyat yuritayotgan ma’sul shaxs tomonidan beg‘araz yo‘l qo‘yiladigan harakatsizliklar, xatoliklar sababli ushbu shaxs bilan shartnomani buznalgigi uchun yoki taqdim etayotgan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltiriladi.

 

 

Ekspeditorlarni

Ekspeditorning javobgarligini sug‘urta qilish – yuk tashuvlariga ixtisoslashgan kompaniyaning moliyaviy manfaatlarini himoya qilishning samarali vositasi sanaladi. Bunda, ayrim hollarda, javobgarlikni sug‘urtalash polisining mavjudligi yuklarni yetkazib beruvchining transport xizmatlarini sotib olish uchun o‘tkazadigan tenderga qabul qilish uchun asosiy shart hisoblanadi.

Ekspeditor uchun sug‘urta qilishni ikkita turga ajratish mumkin:

  • ekspeditorning javobgarligini sug‘urta qilish;
  • ekspeditor tomonidan yukni sug‘urta qilish.

 

Ushbu sug‘urtalashning ikki alohida turi transport jarayoni turli ishtirokchilarining manfaatlarini ta’minlaydi. Javobgarlikni sug‘urta qilish – transport operatorining xatolari va kamchiliklari oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplaydi, mulkni sug‘urtalash esa yuk egasining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

 

Har qanday savollar uchun yagona raqam: 1166

 

Qayta aloqa

Manzil: O`zbekiston, 100000, Toshkent sh. Amir Temur ko`chasi, 1-o'tish yo`li, 6-uy

Yagona raqam: 1166

Faks: +998(71) 232 23 07

E-mail: info@gross.uz

Facebook: @grossuz

Saytning oldingi versiyasiga o'tish

© 2019 - Gross Insurance. Barcha huquqlar himoyalangan

Hozir saytda:

Foydalanuvchilar: 1 Bugun tashrif buyurganlar: 31

Veb sayt
muallifi