- UZ
- RU
- EN
Ishonchingiz uchun minnatdormiz
Ishonchingiz uchun minnatdormiz

Yoʻlovchilar tashuvchisi boʻlish katta masʼuliyatni talab etadi. Yoʻnalishning boshidan oxiriga qadar xavfsiz safarni kafolatlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
2015 yildan boshlab yoʻlovchilarni tashish boʻyicha litsenziyalangan xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun majburiy sugʻurtalash turi kuchga kirdi. Mazkur polis yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar oʻrni qoplashnishini kafolatlaydi.
25 dekabr kuni Gross Insurance shahar yoʻlovchi transporti bilan bogʻliq baxtsiz hodisalardan sugʻurta qilish mahsuloti boʻyicha korporativ mijozlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
Ishonchingiz uchun minnatdormiz! Kelgusida ham siz bilan samarali hamkorlik qilishga umid qilib qolamiz.
21-02-2019
