Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (IBFJMSQ)

You are here

Bosh sahifa » Yuridik shaxslar uchun » Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (IBFJMSQ)

 

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisi, xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligida ish beruvchini kutilmagan xarajatlardan ximoyalaydi.


O‘zbekiston Respublikasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish» qonuniga muvofiq, ushbu sug‘urta turi O‘zbekiston Respublikasida ruyxatga olingan barcha yuridik shaxlar uchun majburiy bulib, korxona xodimlariga o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya tulash tartibini/mexanizmini belgilab beradi.


Siz IBFJMSQ polisini uy yoki ofisingizdan chiqmasdan rasmiylashtiringiz mumkin. Saytimiz orqali buyurtma bering va bizning operatorlarimiz IBFJMSQ shartnomasini tuzish uchun Siz bilan bog‘lanishadi. Shartnomaning mukofoti xisoblanib va tulov amalga oshirilgandang sung, biz kurer yordamida IBFJMSQ polisini Siz uchun qulay manzilga yetkazib beramiz.


 

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta tariflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bulib, ish beruvchining faoliyat sohasiga (faoldiyat turining xavflilik darajasiga) qarab farqlanadi.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta summasi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan oydan oldingi o‘n ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida urnatiladi.

 

Qayta aloqa

Manzil: O`zbekiston, 100000, Toshkent sh. Amir Temur ko`chasi, 1-o'tish yo`li, 6-uy

Yagona raqam: 1166

Faks: +998(71) 232 23 07

E-mail: info@gross.uz

Facebook: @grossuz

Saytning oldingi versiyasiga o'tish

© 2019 - Gross Insurance. Barcha huquqlar himoyalangan

Hozir saytda:

Foydalanuvchilar: 1 Bugun tashrif buyurganlar: 25

Veb sayt
muallifi