Biz haqimizda

You are here

Bosh sahifa » Kompaniya haqida » Biz haqimizda

"GROSS INSURANCE" kompaniyasi 2011 yil noyabr oyida tashkil etilgan bo’lib, 6 yil mobaynida jadal rivojlanmoqda va maqsadlariga qa’tiy ravishda intilmoqda. Ushbu yillar mobaynida kompaniya o’ziga hos tajribaga ega bo’ldi, o’zining salohiyatiga ega bo’ldi, hozirda minglab odamlar va korhonalar o’z manfaatlarini himoya qilish uchun bizga ishonch bildirmoqda.

Bugungi kunda "GROSS INSURANCE" MChJ milliy sug’urta bozorining etakchilaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy sug’urta mahsulotlarining keng turlari, moliyaviy barqarorligi, olingan majburiyatlarni qa’tiy ravishda bajarishi va ochiq biznesni yuritishi, mintaqaviy tarmoqlarining faol rivojlanishi, har bir mijozga invidual yondashuvi hamda mamlakatning barcha hududlarida mavjudligi "GROSS INSURANCE" kompaniyasining yuqori o’sish sur’atlarini, mijozlar va hamkorlarning ishonch bildirishini ta’minlamoqda.

"GROSS INSURANCE" har yili sug’urta bozorida o’z mavqeini sezilarli darajada yahshilamoqda. Shunday qilib, 2017 yilda kompaniya sug’urta tushumlarining hajmini 2,2 barobarga oshirib, bozorda sug’urta mukofotlari bo’yicha 3-o’rinni egalladi, nodavlat sug’urta kompaniyalari orasida birinchi o’rinni egalladi.

2015-yilda "GROSS INSURANCE" kompaniyasi ustav kapitalini 6 mln. еvrogacha (17,3 mlrd. so'm) oshirdi va shu bilan qayta sug’urta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini qo’lga kiritgan yagona nodavlat tashkiloti bo’ldi. "GROSS INSURANCE" kompaniyasining moliyaviy barqarorligi shakllantirilgan ustav kapitalining katta miqdori, qaltisliklarni qayta sug’urtalashning samarali tizimi, shu jumladan, halqaro kapital bozorlarida, shuningdek bo’sh turgan mablag’larni investiciyalashning moslashuvchan mehanizmi bilan ta’minlandi. Bu esa, kompaniyaga yirik qaltisliklarini sug’urtaga qilishga va mijozlarga ishonchli sug’urta himoyasini kafolatlashga imkon beradi.

Kompaniya mamlakatning barcha hududlarini qamrab olgan va aholi orasida sug’urta hizmatlarini keng joriy yetishni ta’minlaydigan hududiy bo’linmalarning keng va faol ish yurituvchi tarmoqlariga ega. 2018 yilning 1-yanvar holatiga kompaniyaning hududiy tarmog’i 117 ta hududiy filiallariga ega.

 

Qayta aloqa

Manzil: O`zbekiston, 100000, Toshkent sh. Amir Temur ko`chasi, 1-o'tish yo`li, 6-uy

Yagona raqam: 1166

Faks: +998(71) 232 23 07

E-mail: info@gross.uz

Facebook: @grossuz

Saytning oldingi versiyasiga o'tish

© 2019 - Gross Insurance. Barcha huquqlar himoyalangan

Hozir saytda:

Foydalanuvchilar: 1 Bugun tashrif buyurganlar: 25

Veb sayt
muallifi