Baxtsiz hodisalardan jamoaviy sug'urtalash

You are here

Bosh sahifa » Yuridik shaxslar uchun » Baxtsiz hodisalardan jamoaviy sug'urtalash

 

Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi birinchi navbatda inson resurslariga bog‘liq. Odamlar natijalarga erishish uchun rag‘batlantirilgan bo‘lsalar va o‘z salohiyatlarini amalga oshira olsalar, samaraliroq mehnat qiladilar. Bunda, ko‘p jihatdan, xodimlarga beriladigan ijtimoiy paketlar va imtiyozlar yordam beradi. 
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash korxonalardagi ijtimoiy paketni tashkil etuvchi muhim tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Sug‘urta polisi baxtsiz hodisalar natijasida xodimlarning salomatligi va hayotiga yetkazilgan zararni qoplash imkonini beradi.
Gross Insurance kompaniyasi, baxtsiz xodisalardan sug‘urtalanish uchun eng maqbul sharoitlarni taklif qiladi va Sizning istaklaringizga qarab, sizlar uchun shaxsiy sug‘urtalash dasturlarini ishlab chiqadi.

 

Sug‘urta ximoyasi, quyidagilarga olib keladigan baxtsiz hodisalardan yuridik shaxs xodimlariga, shuningdek, jismoniy shaxsga va uning oila a’zolariga qaratiladi:

  • tana shikastlanganda;
  • mehnatga layoqatlilik vaqtinchalik yo‘qotilganda;
  • nogironlikka
  • sug‘urtalangan shaxsning vafotiga

Bizning Kompaniyamizda baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish polisini rasmiylashtirib, Siz quyidagi to‘lovlarni qabul qilib olasiz:

  • tana shikastlanganda - olingan jarohatlarning og‘irligiga qarab, shaxsiy sug‘urta summasining foizlarda (to‘lovlar jadvaliga binoan)
  • nogironlik bo‘yicha – sug‘urta summasining quyidagi miqdorlardagi foizlarda :
  1. I gurux nogironligi berilganligi uchun – shaxsiy sug‘urta summasining 100 foizi
  2. II gurux nogironligi berilganligi uchun – shaxsiy sug‘urta summasining 80 foizi
  3. III gurux nogironligi berilganligi uchun – shaxsiy sug‘urta summasining 60 foizi
  • baxtsiz hodisadan o‘lish holatlarida – sug‘urta summasining 100 foizi
     

Shaxsiy sug‘urta summasi Sug‘urta qildiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasidagi kelishuv asosida ariza-anketaga muvofiq belginaladi.

Har qanday savollar uchun yagona raqam: 1166

 

Qayta aloqa

Manzil: O`zbekiston, 100000, Toshkent sh. Amir Temur ko`chasi, 1-o'tish yo`li, 6-uy

Yagona raqam: 1166

Faks: +998(71) 232 23 07

E-mail: info@gross.uz

Facebook: @grossuz

Saytning oldingi versiyasiga o'tish

© 2019 - Gross Insurance. Barcha huquqlar himoyalangan

Hozir saytda:

Foydalanuvchilar: 2 Bugun tashrif buyurganlar: 13

Veb sayt
muallifi